Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habibning yaqin do‘sti UFCdan haydaldi

Habibning yaqin do‘sti UFCdan haydaldi

UFC bir necha jangchi bilan kelishuvni bekor qilgani ma’lum bo‘ldi.

«Qora ro‘yxat»dan UFC kamariga sobiq da’vogar va so‘nggi oltita jangidan beshtasida mag‘lub bo‘lgan Darren Till hamda Dog‘iston vakili Zubayra Tuxugov ham joy olgan.

Habib Nurmagomedovning yaqin do‘sti bo‘lgan Zubayra oxirgi vaqtlarda vazn qila olmagani sababli bitta yuqori vaznga ko‘tarilgandi.

Biroq 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan jangida ham yengil vazn limitini bajara olmadi va gonorarining ma’lum qismidan ayrildi. Qolaversa, u ushbu kechada Elves Brennerga mag‘lub bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring