Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Ro‘ziboyev so‘nggi jangidan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyev so‘nggi jangidan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Yaqinda AQShning Nyu-Jersi shtati Atlantik-Siti shahrida navbatdagi UFC turniri bo‘lib o‘tgandi.

Turnirning asosiy kardida jang qilib, amerikalik Sedrik Dyumani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan Nursulton Ro‘ziboyev jami 28 ming AQSh dollari miqdorida gonorarga ega bo‘ldi. Ushbu summaning 12 ming dollari jang uchun, yana shunchasi g‘alabasi uchun taqdim etildi. Homiylar tomonidan yana 4 ming dollar berilgan. 

Ushbu oqshomda eng katta gonorarni Kris Vaydman qo‘lga kiritgan. U bir jangi orqali 216 000 dollar ishlab olgan.

Turkiyalik Ibo Aslan esa oqshomning eng yaxshi jangini o‘tkazgani uchun 50 ming dollarlik bonusga loyiq ko‘rilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring