Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OChL. Bugun «Paxtakor» Doxada, «Lokomotiv» Toshkentda o‘yin o‘tkazadi

OChL. Bugun «Paxtakor» Doxada, «Lokomotiv» Toshkentda o‘yin o‘tkazadi

Foto: «sports.uz»

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubini qabul qilsa, «Paxtakor» Qatarda «As-Sadd»ga qarshi maydonga tushadi.

«Lokomotiv» — «Al-Ittihod» o‘yini soat 18:00da, «Paxtakor» — «As-Sadd» uchrashuvi esa Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

«Lokomotiv» OChL guruh bosqichining uchta turidan so‘ng «B» guruhida 3 ochko jamg‘argan holda, so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. «Paxtakor» esa «D» guruhida 5 ochko bilan 1-pog‘onada bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring