Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev Osiyoda chempioni bo‘la olmadi
Janubiy Koreyada og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Musobaqaning so‘nggi dasturida erkaklar o‘rtasida +109 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Ikki kurash yakunida har ikki atletimiz 437 kg natija qayd etishdi.
Urinishlar bo‘yicha ustunlik qoraqalpog‘istonlik sportchimizda bo‘lgani uchun Rustam Jangabayev kumush, Akbar Jo‘rayev esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar, +109 kg:
- Gor Minasyan (Bahrayn) – 464 (217+247) kg
- Rustam Jangabayev (O‘zbekiston) – 437 (196+241)
- Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 437 (195+242)
Shu tariqa, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Kuni kecha Ruslan Nurudinov Osiyoda tengsiz bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter