Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari tayyorlandi

Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari tayyorlandi

Foto: Videolavhadan skrinshot

«Prezident sovg’asi» yozuvi hamda Tokio-2020 Olimpiadasi logotipi tushirilgan Tahoe rusumli mashinalar videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ushbu qimmat avtomobillar Olimpiada g‘oliblari uchun atalgan sovg‘a ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Tokio-2020» Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi samolyoti bugun, 9 avgust kuni soat 20:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishi kutilmoqda. Delegatsiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda harakatlanadi. 

O‘zbekiston ushbu olimpiya o‘yinlarida jami beshta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan uchtasi oltin, ikkitasi bronza medallar sanaladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring