Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hisobida yana bir oltin! Mo‘minjon Abdullayev Osiyoda tengsiz!

O‘zbekiston hisobida yana bir oltin! Mo‘minjon Abdullayev Osiyoda tengsiz!

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida yunon-rum kurashida +130 kg vazn toifasida Mo‘minjon Abdullayev oltin medal uchun bahsda qozog‘istonlik Nurmakan Tinaliyevga qarshi gilamga chiqdi.

Bahsda Mo‘minjon Abdullayev  muddatidan avval ajoyib tarzda g‘alaba qozondi va Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi! 

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahslarda taekvondo bo‘yicha hamyurtimiz Nikita Rafalovich Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Og‘ir atletika bo‘yicha -69kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doston Yoqubov esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yunon-rum kurashida Rustam Assakalov ham terma jamoa hisobiga kumush medal keltirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring