Oskar Tabares O‘zbekiston bilan o‘yin haqida: «Bu bir mashg‘ulot edi»
![Oskar Tabares O‘zbekiston bilan o‘yin haqida: «Bu bir mashg‘ulot edi»](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2319479667.jpg)
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares O‘zbekiston terma jamoasi ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Bunday o‘yinlardagi natijalardan olinadigan xulosalar nisbiy ahamiyatga ega. Eng muhimi — barcha o‘yinchilar uchrashuvni jarohatsiz, sog‘-salomat yakunlagani.
Har bir futbolchining harakatiga alohida to‘xtalmoqchi emasman. Ko‘rdikki, kimningdir o‘yini yaxshi chiqdi, kimdadir unchalik emas.
Bu — biz uchun navbatdagi tayyorgarlik bosqichi edi. Qo‘lga kiritilgan natija, muxlislar bilan xayrlashuv — hammasi ajoyib bo‘ldi.
O‘zbekiston bilan o‘yin biz uchun yana bir mashg‘ulot edi. Faqatgina futbolchilarning formasini yaxshilashga qaratilgan jiddiy mashg‘ulot. Biz endi jahon kubogi uchun kurashni boshlaymiz», — dedi Tabares.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter