Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tkazib yubormang! «Uzbek Tigers» bugun tongda jang o‘tkazadi

O‘tkazib yubormang! «Uzbek Tigers» bugun tongda jang o‘tkazadi

Isroil Madrimov o‘z raqibi bilan vazn o‘lchash marosimida.

Foto: «Sports.uz»

Butunjahon boks seriyasining guruh bosqichi to‘rtinchi turida Kolumbiyada «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari bahs olib boradi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan bugun tongda, 24 mart kuni soat 06:00da boshlanadi.

Mazkur bellashuvda quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tarilishadi:

49 kg: Mironshoh Ibragimov — Rivas Martinez

56 kg: Shahobiddin Zoirov — Jon Martinez

64 kg: Iqboljon Xoldorov — Jon Guterrez

75 kg: Isroil Madrimov — Jorj Vivas

-91 kg: Sanjar Tursunov — Hulio Deyvis

«Uzbek Tigers» bungacha uchta tur janglarda ishtirok etib, shundan ikkitasida g‘alaba qozongan edi. Jumladan, «Colombia Heroicos» bilan Toshkentda o‘tgan bahslarda bokschilarimiz 4-1 hisobida ustun kelishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring