Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniya yoshlari bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniya yoshlari bilan o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniya U-21 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qilmoqda.

Bo‘lajak bahs 13 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladi.

Ispaniya poytaxtimizga 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilaridan iborat jamoasi bilan tashrif buyuradi. Uchrashuv qaysi stadionda bo‘lishi keyinroq ma’lum qilinadi.

13 oktyabr, Toshkent

O‘zbekiston U23 – Ispaniya U21

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring