O‘zbekiston Superkubogi finali qayerda o‘tishi ma’lum qilindi

Joriy yilning 27-may sanasida chempionatning amaldagi g‘olibi «Nasaf» va mamlakat kubogi sohibi «Andijon» o‘rtasida Superkubok uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Professional futbol Ligasining ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuv Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Superkubok uchrashuvi ham «Bunyodkor» stadionida o‘tkazilgandi va «Nasaf» jamoasi «Paxtakor»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, sovringa ega chiqqandi.
Shuningdek, ushbu bo‘lajak o‘yini qarshiliklar uchun ketma-ket beshinchi Superkubok o‘yini bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter