Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston U23 terma jamoasi kutib olindi (foto)

O‘zbekiston U23 terma jamoasi kutib olindi (foto)

Bugun, 4 may kuni erta tongda Toshkent Xalqaro aeroportida Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Osiyo kubogida kumush medali sovrindorlari tantanali kutib olindi.

Marosimda Prezident Adminstratsiyasi ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov  sportchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda terma jamoa treneri Timur Kapadze va jamoa sardori Jasurbek Jaloliddinov  chempionat haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdilar.

Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan chempionlarimizni kutib olish uchun aeroportda ommaviy axborot vositalari vakillari, sportchilarimizning yaqinlari va sportimiz iftixorlarini qutlash istagida bo‘lgan ko‘plab hamyurtlarimiz jam bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 15 aprel – 3 may kunlari o‘tkazilgan U23 Osiyo kubogida kumush medalga sazovor bo‘lib, o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring