O‘zbekiston va Eron o‘yiniga jamoat transportida kelish so‘raldi
Bugun, 10 oktyabr kuni soat 19.00 da O‘zbekiston va Eron terma jamoalari futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashishadi.
iticket.uz sayti ma’lumotiga ko‘ra, o‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lganligi sababli sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar tugagan.
IIB YHXB axborot xizmati futbol maydoniga o‘yin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishni, shaxsiy transportda emas, balki jamoat transportida kelishni, chiptalarsiz futbol maydoniga kelmaslikni (chiptalarsiz maydonga kiritilmaydi) so‘radi.
Ma’lum qilinishicha, futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish va tirbandliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha jamoat transportlari ajratilgan.
Shuningdek, futbol ishqibozlari maydonda jamoat tartibiga va o‘rnatilgan qoidalarga qat’iy rioya qilishlarini, muxlislik madaniyatiga amal qilishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter