Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Venesuelaga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

O‘zbekiston Venesuelaga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida Venesuelaga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq janubiy amerikaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi.

Bo‘lim oxirlarida vakillarimiz hisobni tenglashtirish imkoniga ega bo‘lishgandi, ammo Shomurodov ishlagan penaltini Masharipov darvozaga aniq yo‘llay olmadi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Venesuela maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Hakam Velaskoni maydondan chetlatdi. Hujumni kuchaytirgan terma jamoamiz 73-daqiqada Jasur Yaxshiboyevning  goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

28 mart (seshanba). Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi.

O‘zbekiston – Venesuela – 1:1

Gollar: Jasur Yaxshiboyev 77 penaltidan - Aleksandr Gonsalles 6.

Hakam: Xolid Al-Turais (Saudiya Arabistoni)

O‘zbekiston: 12. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov, 15. Umarbek Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov, 13. Sherzod Nasrullayev (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 88), 18. Abdulla Abdullayev (Jasur Yaxshiboyev, 73), 6. Azizjon G‘aniyev, 7. Otabek Shukurov (Sardor Sobirxo‘jayev, 62), 8. Jamshid Iskanderov (Aziz Turg‘unboyev, 58), 10. Jaloliddin Masharipov (Oston O‘runov, 58), 14. Eldor Shomurodov (Bobur Abduxoliqov, 58).

Venesuela: 1. Xoel Graterol, 21. Aleksandr Gonsales, 5. Junior Moreno, 3. Yordan Osorio, 18. Migel Navarro, 2. Velasko Fuentes, 10. Ernesto Torregrossa, 13. Xose Luis Martines, 9. Eduard Bello (Chanchelor, 70), 19. Kristian Kasseres (Tomas Rinkon, 70), 23. Salomon Rondon.

Chetlatish: Velasko Fuentes, 68.

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanets shogirdlari bir necha kun avvad Boliyaviyani mag‘lub etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring