O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatining yakkalik bahslarini yakunlashdi — natijalar

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatining yakkalik bahslarida ikkinchi bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tailandda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Kecha og‘ir vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi.
Qayd etilishicha, -90 kg vazndagi bellashuvlarning finaliga ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi yetib bordi.
“Shahzodxo‘ja Sharipov va Nurbek Murtazoyev o‘rtasidagi bahs Sharipovning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, Marjona Ko‘chimova -78 kg ham shohsupadan joy oldi”, — deyiladi xabarda.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter