«Paxtakor»ning OChLdagi o‘yini salkam yarim soatga to‘xtab qoldi
Ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Chempionlar Ligasi 2-bosqich saralashidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Eyr Fors» uchrashuvida kutilmagan holat yuz berdi.
O‘yin davom etayotgan bir vaqtda (20-daqiqasida) «Paxtakor» stadioni maydonining sug‘orish tizimida nosozlik yuz bergani ma’lum bo‘ldi va maydonga sizib chiqqan suv futbolchilarning harakatlanishiga to‘sqinlik qila boshladi. Bosh hakam Kim Xi Gon o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Stadion xodimlari nosozlikni bartaraf qilish uchun bir necha daqiqada davomida urinib ko‘rishdi. Ammo buning ilojini topa olishmadi. Shundan so‘ng, bosh hakam jamoalarni olib, kiyinish xonasiga kirib ketdi. Oradan 20 daqiqacha o‘tgach, muammo bartaraf etildi va jamoalar yana o‘yinni davom ettirishdi.
Bosh hakam ushbu to‘xtalishni qoplash uchun birinchi bo‘limga naq 24 daqiqa qo‘shib berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter