Ronaldu «Paxtakor»ga qarshi o‘ynash uchun Toshkentga keladimi?
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasida «An-Nasr»ning «Paxtakor»ga qarshi o‘yinida Toshkentga tashrif buyurishi mumkin. Biroq, portugaliyalik futbolchi hali safar borasida yakuniy qaror qabul qilmagan, deb xabar beradi Offside.kz.
OFK Elit Chempionlar Ligasining to‘rtinchi tur o‘yini 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «An-Nasr» vakillari xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun «Paxtakor» rahbariyati bilan bog‘lanishgan.
Nega Ronalduning ishtiroki shubha ostida?
Futbolchining tashrifiga qo‘shimcha e’tibor «An-Nasr»ning «Neftchi»ga qarshi oldingi o‘yini bilan bog‘liq.
O‘yin yamanlik huciylar tomonidan raketa hujumi uyushtirilishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida bir soat kechikib boshlandi. OAV manbalariga ko‘ra, futbolchilarning mobil telefonlariga ogohlantirishlar kelgan, shundan so‘ng Ronaldu maydonga tushishdan bosh tortgan. Klub rahbariyati portugaliyalikni o‘ynashga ko‘ndirish uchun taxminan 40 daqiqa vaqt sarflagan.
Ayni paytda, «Paxtakor» sport direktori Ravshan Salimov ijtimoiy tarmoqlardagi postlari bilan muxlislarning qiziqishini kuchaytirdi. U dastlab «An-Nasr»ning tashkiliy ishlariga qaraganda, Ronalduning Toshkentga kelishi kutilganini xabar qildi.
Biroq, portugaliyalikning o‘yinda ishtirok etishi haqida hali rasmiy tasdiq yo‘q.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter