Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pele vafot etdi

Pele vafot etdi

Braziliyalik futbol afsonasi Pele 82 yoshida olamdan o‘tdi. U uch karra jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi edi.

«Futbol qiroli» 2021-yil sentyabr oyida saraton o‘smasini olib tashlash uchun jarrohlik stoliga yotqizildi. Shundan so‘ng ham saraton chekinmadi, kimyoviy va boshqa muolajalar ko‘rsatish uchun u bir necha marta shifoxonaga keltirildi. Dekabrning 22-sanasida shifokorlar unda saraton o‘sishda davom etganini, shuningdek, yurak va buyrak disfunksiyasi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilishdi.

Shundan so‘ng futbolchi oila a’zolari bilan vidolashgan, Braziliyada uning dafn marosimiga tayyorgarlik boshlangandi.

Edson Arantis du Nasimentu Pele (23.10.1940 — 29.12.2022) — uch marta jahon chempioni (1958, 1962, 1970), Braziliya terma jamoasida 92 o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan. FIFA uni argentinalik Diyego Maradona bilan birgalikda XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring