Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pelening onasi 101 yoshida vafot etdi

Pelening onasi 101 yoshida vafot etdi

Foto: Sports.ru

Kecha, 21-iyun sanasida «futbol qiroli» Pelening onasi — Selesta Arantes 101 yoshida vafot etdi.

Associated Press yozishicha, Selesta Arantes so‘nggi besh yil davomida vegetativ holatda bo‘lgan. O‘g‘lining o‘limidan bexabar edi.

Pele — Selesta Arantesning uch farzandidan biri. Onasi avvaliga o‘g‘lining futbolchi bo‘lishiga qarshi edi, biroq keyinchalik uning erishayotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, Pele 2022-yilning 29-dekabrida 82 yoshida vafot etgan.

Pele Braziliya terma jamoasida 92 o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan va uch marta jahon chempioni (1958, 1962, 1970) bo‘lgan. Argentina yulduzi Diyego Maradona bilan birgalikda Pele FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring