«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finali va Parij-2024 Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Bilasizlarmi? Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning o‘rniga o‘zim bo‘lsam, deymanda. Nimaga bunday bo‘lishi kerak ekan-a, bittagina to‘p-a? Shunday mahorat ko‘rsatdi, ularning ko‘pi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim.
Endi biz ham darrov chempion bo‘lamiz deymizda. Birinchi marotaba jamoaviy turda Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Bu ham katta yutug‘imiz.
Futbol ham oson ish emas. Bilasizlarmi, hozirda 5-6 ta nafar bolalarimiz dunyoga mashhur jamoalarda to‘p surmoqda. Bundan esa faxrlanaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi U23 musobaqasi finalida O‘zbekiston Yaponiya bilan to‘qnash kelgan va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi. O‘yin oxirlarida belgilangan penaltini U. Rahmonaliyev amalga oshira olmagandi.
Parij-2024 Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgust kuniga qadar bo‘lib o‘tadi. Ilk bor olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston termasi S guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi olimpiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter