Portugaliya — Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi!

Yevropa Millatlar ligasi finalida Portugaliya Ispaniyani mag‘lubiyatga uchratib, turnirning ikki karra g‘olibiga aylandi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Dastlabki taymning o‘rtalarida ispanlar yarimhimoyachisi Subimendi hisobni ochdi. Bir necha daqiqa o‘tib Nuno Mendesh muvozanatni tikladi. Taymning so‘nggi daqiqasida Oyarsabal yana Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobni tenglashtirdi.
Asosiy va ekstra-taymlarda hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasi esa Portugaliyaga omad keltirdi.
Millatlar ligasi, final
«Alyans Arena», Myunxen, 8-iyun
Portugaliya – Ispaniya 2:2 (Penaltilar seriyasi — 5:3)
Gollar: Mendesh 26, Ronaldu 61 — Subimendi 22, Oyarsabal 45.
Portugaliya: Koshta, Nevesh (Semedu 46), Diash, Inasio (Veyga 74), Mendesh, Vitiniya, Fernandesh, Silva (Leau 74), Konseysau (Nevesh 46), Netu, Ronaldu.
Ispaniya: Simon, Mingesa, Le Normann, Heysen, Kukureliya, Subimendi, Fabian (Merino 75), Pedri (Isko 75), Uilyams (Bayena 92), Oyarsabal, Yamal.
Ogohlantirishlar: Inasio — Fabian.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter