Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident chempionlik janglarini kuzatdi (foto)

Prezident chempionlik janglarini kuzatdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Humo Arena» sport saroyiga tashrif buyurib, boks bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qildi.

Bu nufuzli musobaqada 107 ta mamlakatdan 600 dan ortiq bokschilar ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi barcha 13 vazn toifasida qatnashdi. Vakillarimiz bugungacha 9 ta medalni naqd qilib bo‘lgan edi.

Davlatimiz rahbari 13 may kuni yurtimiz bokschilari ishtirokidagi final janglarini kuzatdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovni, Hasanboy Do‘smatov fransiyalik Bilal Bennamani, Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzolani yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga medallar va chempionlik kamarlarini Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi. Shuningdek, ularga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan ajratilgan mukofot pullari beriladi.

Musobaqaning so‘nggi kunida yana to‘rt nafar bokschimiz ringga chiqadi. Jahon chempionati 14 may kuni yakunlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring