Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning qora belbog‘i olib qo‘yildi

Putinning qora belbog‘i olib qo‘yildi

Foto: «RIA Novosti»

Xalqaro taekvondo federatsiyasi (World Taekwondo) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 2013-yilda berilgan faxriy 9-dan qora belbog‘idan mahrum qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan birdamlikni ifodalash uchun, World Taekwondo shafe’ligida o‘tkaziladigan tadbirlarda Rossiya va Belarusning milliy bayroqlari va madhiyalaridan foydalanish taqiqlanadi, ushbu mamlakatlar hududlarida xalqaro musobaqalar o‘tkazilmaydi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti vakolatidan mahrum etgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring