Qishki olimpiada-2022 shiori tanlandi

Pekin (Xitoy) mezbonlik qiluvchi XXIV Qishki olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari bo‘lg‘usi musobaqalarning shiorini e’lon qilishdi. U «dunyoning umumiy tilaklarini aks etirgan», deyiladi matbuot xizmati bayonotida.
«Umumiy kelajak uchun birgalikda shodmiz» — Pekin olimpiadasi shiori shunday. Ta’kidlanishicha, jahondagi epidemiologik vaziyatga global javob choralari ko‘rilayotgani uchun shunday shior tanlandi. U umumiy maqsadlarga erishish uchun yondashuv, tashabbus, harakatlar rejasi va intilishlarni ifodalaydi.
Eslatib o‘tamiz, Pekindagi Qishki olimpiya o‘yinlari 2022-yilning 4–20-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter