Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qor jangi»da O‘zbekiston chempion bo‘ldi

«Qor jangi»da O‘zbekiston chempion bo‘ldi

Foto: www.the-uff.com

Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Finalda O‘zbekiston olimpiyachilari vetnamlik tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Rustam Ashurmatov burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim yakunida esa Vetnam futbolchilari jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda esa darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi va g‘olibni aniqlash ekstra-taymlarga qoldi.

Qo‘shimcha taymlarda bosh murabbiy Ravshan Haydarov katta tavakkalga qo‘l urdi. U avvaliga himoyachi o‘rniga Bobur Adbuxoliqovni, keyin esa yarim himoyachi Javohir Siddiqov o‘rniga yana bir hujumchi Andrey Sidorovni tushirdi. Bu tavakkal o‘zini oqladi va aynan Sidorov 119-daqiqada darvozani aniq nishonga olib, O‘zbekiston terma jamoasini Osiyo chempioniga aylantirdi.

Ushbu tarixiy g‘alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz. O‘zbekiston — Osiyo chempioni!

U-23. Osiyo chempionati. Final.
Vetnam - O‘zbekiston 1:2
Gol: R.Ashurmatov, 8, A.Sidorov, 119 - Nguyen Xay, 41

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring