Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qoramanmi men?»: Balotelli terisining rangi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi

«Qoramanmi men?»: Balotelli terisining rangi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi

Mario Balotelli.

Foto: «dynamo.kiev.ua»

«Fransiyaning «Nitssa» klubi hamda Italiya terma jamoasi hujumchisi Mario Balotelli terisining rangi boshqacha bo‘lganda kamroq muammolarga duch kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda «Sovetskiy sport» nashri xabar bermoqda», — deya yozadi «Gazeta.ru»

«Aminmanki, agar men oq tanli bo‘lganimda, muammolarim kamroq bo‘lardi. Men bolalardan juda ko‘p maktub olaman. Ular irqchilikka qarshi turganim bois mendan o‘rnak olishlarini yozishadi», — deya Balotellidan iqtibos keltiradi «La Gazetta Dello Sport».

Shuningdek, futbolchi qoraligi uchun bolalar u bilan o‘ynashdan bosh tortishganini ham esga oldi.

«Xotiramda muhrlanib qolgan yana bir hodisa bor. Uyga vazifalarimni qilib bo‘lib, bolalar bilan hovlida futbol o‘ynagani chiqdim. Ularga «Salom, bolalar, o‘ynaymizmi?» dedim. Menga «Yo‘q, Mario, sen biz bilan o‘ynay olmaysan, chunki sen qorasan» deb javob berishdi», — deya xotirladi Balotelli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring