Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» safarda «Real Sosedad»ni mag‘lub etdi va La ligada birinchi o‘ringa ko‘tarildi

«Real» safarda «Real Sosedad»ni mag‘lub etdi va La ligada birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Ispaniya chempionati 30-turida Madridning «Real» klubi safarda «Real Sosedad»ga qarshi maydonga tushdi va og‘ir kechgan uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning asosiy voqealari ikkinchi bo‘limda rivojlandi. 50-daqiqada Serxio Ramos penaltidan hisobni ochdi, oradan biroz vaqt o‘tib Adnan Yanuzay tomonidan kiritilgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi.

70-daqiqada Benzema hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 83-daqiqada Mikel Merino tomonidan kiritilgan javob goli vaziyatni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmadi.

Real Sosedad – Real Madrid 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 50, penalti Ramos, 0:2 – 70 Benzema, 1:2 – 83 Merino.
Real Sosedad – Remiro, Gorosabel (Elustondo, 60), Lorente, Le Norman, Monreal, Subeldiya (Subimendi, 80), Merino, Portu, Edegor (Lopes, 79), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Isak (Villian Joze, 79).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Valverde (Modrich, 89), Kazemiro, Kroos, Xames (Asensio, 78), Benzema (Mariano Dias, 78), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lorente (48), Modrich (90), Merino (90).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring