Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Regbini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi

Regbini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi

O‘zbekistondagi har bir ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi bo‘limlarini ochiladi. Bu haqda prezident 29-oktyabrda qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, bolalar-o‘smirlar sport maktablariga ishga qabul qilinayotgan regbi bo‘yicha murabbiylar nomzodlari O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan majburiy kelishish orqali ko‘rib chiqiladi.

Regbi bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazishning to‘rt bosqichli tizimini joriy etiladi. Unga ko‘ra:

  • birinchi bosqichda – sport klublari, seksiyalari jamoalari o‘rtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);
  • ikkinchi bosqichda – sport klublari, seksiyalari o‘rtasidagi musobaqalarda g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);
  • uchinchi bosqichda – tuman (shahar) sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);
  • to‘rtinchi bosqichda – hududiy sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).

2019-2022-yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, professional regbi klublari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga muvofiq olib kiriladigan, regbi bo‘yicha sport ob’yektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport uskunalari, inventar va maxsus professional sport anjomlari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod etiladi.

2020/2021-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring