Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roma» Ranerini yig‘latdi (video)

«Roma» Ranerini yig‘latdi (video)

Foto: «Sport24»

Italiya «A» seriyasining so‘nggi turida butun stadion Klaudio Raneri ismini aytib olqishladi va quyidagi mazmundagi banner ko‘tarildi: «Janob Raneri: kerakli vaqtda siz chaqiruvni qabul qildingiz. Biz sizdan juda minnatdormiz».

«Roma» tarbiyalanuvchisi va keyinchalik murabbiy sifatida klubga Skudettoni taqdim etishga juda yaqin kelgan Klaudio Ranerini mavsum oralig‘ida qutqaruvchi sifatida Rimga taklif qilingandi.

Endi Klaudio yana «Roma»ni tark etadi — u bahorda Eusebio Di Franchesko bo‘shatilganida klub bilan vaqtincha shartnoma imzolagandi va boshidanoq faqat yozga qadar ishlashini bilardi. Bannerni ko‘rib, u muxlislarga ta’zim qildi va o‘yin vaqtida yig‘lab yubordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring