Ronaldu britaniyalik rejissiyor bilan kinostudiya ochdi

Futbolchi Krishtianu Ronaldu va britaniyalik rejissyor Metyu Von («Kingsman: The Secret Service», «Kick-Ass») UR•Marv kinostudiyasiga asos solishdi.
Mustaqil studiya «ilg‘or texnologiyalar va kino ishlab chiqarish an’analari» kombinatsiyasidan foydalangan holda an’anaviy kino ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirishga intiladi. Hamkorlik allaqachon natija berishni boshlagan: ikkita jangovar film suratga olindi. Xuddi shu seriyaning bir qismi bo‘lgan uchinchi film ishlab chiqarilmoqda. Birinchi filmning tafsilotlari tez orada ma’lum bo‘ladi.
«Bu hayotimdagi hayajonli bob, chunki men biznesdagi yangi qadamlarni doim kutganman», – degan Ronaldu. «Krishtianu maydonda men hech qachon yoza olmaydigan hikoyalar yaratdi va men u bilan ilhomlantiruvchi filmlar suratga olishni intiqlik bilan kutyapman, u haqiqiy superqahramon», –deya qo‘shimcha qilgan Vogan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter