Ruslan Nurudinov besh karra Osiyo chempioni bo‘ldi
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasidagi -109 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi Ruslan Nurudinov va Sharofiddin Amriddinov chempionlik uchun bahs olib borishdi.
Murosasiz kurash yakunida tajriba o‘z so‘zini aytdi. Nurudinov siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha oltin medallarni o‘ziniki qildi. Uning jami ko‘rsatkichi 382 (175+207) kgni tashkil etdi.
Dast ko‘tarishda oltin medal egasi bo‘lgan Sharofiddin Amriddinov umumiy hisobda 381 (176+205) kg toshni ko‘tarib, yakunda o‘z hisobiga yana ikkita kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter