Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Nurudinov Osiyoda tengsiz bo‘ldi!

Ruslan Nurudinov Osiyoda tengsiz bo‘ldi!

Koreyadan xushxabar keldi. Og‘ir atletikachimiz Ruslan Nurudinov qit’a birinchiligida -109 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Atletimiz dast ko‘tarish mashqida 177 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda jahon rekordi sohibiga bu safar oltin medal uchun 228 kg yetarli bo‘ldi.

Shu tariqa, Ruslan ikkikurash natijasiga ko‘ra 405 kg bilan eng yaqin ta’qibchisini 6 kgga ortda qoldirib, ushbu vazn toifasida barcha raqibalaridan ustun ekanligini yana bir karra ko‘rsatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring