Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslarga yon bosilgan BRIKS o‘yinlarida 4 bokschimiz chempion bo‘ldi

Ruslarga yon bosilgan BRIKS o‘yinlarida 4 bokschimiz chempion bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilayotgan BRIKS xalqaro sport o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi boks bahslari yakuniga yetdi.

Finalga yetib kelgan 10 bokschimizdan 4 nafari oltin medal sohibi sifatida chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. Parij-2024 Olimpiadasi litsenzianti To‘rabek Habibullayev kichik jarohati sabab finalga chiqmadi va kumush medal bilan taqdirlandi. Bu vaznda rossiyalik Beshto Shavlayev jangsiz chempionga aylandi.   

Ayrim vazn toifalarida hakamlar mezbon bokschilarga ochiqchasiga yon bosishdi. Buning natijasida olti nafar bokschimiz kumush medal bilan kifoyalanishdi.

VI BRIKS o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari

Oltin medallar 

-67 kg: Shavkatjon Boltayev

-71 kg: Havasbek Asadullayev

-92 kg: Madiyar Saydrahimov

+92 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medallar

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev 

-54 kg: Shahzod Muzafarov

-57 kg: Xudoynazar Fayzov

-60 kg: Dilshod Abdumurodov

-75 kg: Javohir Ummataliyev

-80 kg: To‘rabek Habibullayev 

Bronza medallar

-51 kg: Asilbek Jalilov

-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov

-86 kg: Shohjahon Abdullayev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring