Saloh YChL finali oldidan jarohat oldi
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Chelsi»ga qarshi Angliya kubogi finalida jarohat oldi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida misrlik futbolchi maydon markazida yiqitildi, hujumchi o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Diogo Jota maydonga tushdi.
«Chelsi»ga qarshi o‘yin Saloh uchun 2021/22 yilgi mavsumdagi 49-o‘yin bo‘ldi. 29 yoshli futbolchi joriy mavsumda 30 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» yana ikki haftadan so‘ng YChL finalida «Real»ga qarshi o‘ynaydi. Salohning ushbu o‘yingacha tiklana olishi hali noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter