Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sensatsiya. «Bunyodkor» O‘zbekiston kubogi finaliga chiqa olmadi

Sensatsiya. «Bunyodkor» O‘zbekiston kubogi finaliga chiqa olmadi

Foto: «PFL.uz»

Bugun, 28-sentabr kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston futbolida kamdan-kam kuzatiladigan holat — "Bunyodkor" klubi AGMK jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi taymda mehmonlar ketma-ket hujum uyushtirib, 2 ta gol urib oldi. Poytaxtliklar hisobni qisqartirishdi xolos.

Shu bilan kubok finalida Toshkentning boshqa bir jamoasi «Paxtakor» va AGMK kuch sinashadigan bo‘ldi. Kubok finali 28-oktabr kuni Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston kubogi, yarim final

"Bunyodkor" - AGMK 1:2

Gollar: Murod Toshmatov 79ʼ - Muzaffarjon Muzaffarov 58ʼ, Zafar Polvonov 63ʼ

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring