Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov IBF Shimoliy Amerika kamarini qo‘lga kiritdi

Shahram G‘iyosov IBF Shimoliy Amerika kamarini qo‘lga kiritdi

Professional boksning o‘zi uchun yangi — super yengil vazn toifasiga o‘tgan yurtdoshimiz Shahram G‘iyosov (13-0, 9 KO) 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi Las-Vegasda (AQSh) navbatdagi jangini o‘tkazish uchun ringga ko‘tarildi.

Meksikalik Kristian Gomes (22-2-1, 20 KO) G‘iyosovning navbatdagi raqibi bo‘ldi. 10 raundli jang to‘liq davom etdi. Bokschimiz yakunda ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g‘alabaga erishib, IBF Shimoliy Amerika kamarini qo‘lga kiritdi.

Bu Shahram G‘iyosovning professional ringdagi 13-g‘alabasi. Shulardan to‘qqiztasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Ushbu boks oqshomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov kubalik yengilmas raqibini 2-raunddayoq ringga qulatib, erta g‘alabani nishonlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring