Sharofiddin Olimpiada chempionidan oltin medalni tortib oldi
Bahraynda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
-102 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Amriddinov dast ko‘tarish mashqida 172 kg bilan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni qatarlik Elbah Faresni ham ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylandi.
Siltab ko‘tarishda 196, ikki kurashda esa 368 kg qayd etgan samarqandlik polvonimiz terma jamoamiz hisobiga yana 2 kumush medalni keltirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter