Sherzod Namozov ikki karra, Husniddin Norbekov esa uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi!
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida final bahsida hamyurtimiz Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Namozov bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi. E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Husniddin Norbekov bundan avval Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
E’tiborlisi, Husniddin Norbekov 16 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi!
Ma’lumot uchun, bundan avvalgi rekord 2008 yil Pekinda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida xitoylik Guo Vey tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘shanda xitoylik sportchi 16.22 metr natija qayd etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter