Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov Angliyada – Konferensiyalar ligasi yarim finallariga prevyu

Shomurodov Angliyada – Konferensiyalar ligasi yarim finallariga prevyu

Bugun ham Yevropada futbol bayrami davom etib, Yevropa konfereratsiyalar ligasi (YeKL) va Yevropa ligasi (YeL) yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. YeKLning birinchi yarim finali doirasida Angliyaning «Lester» jamoasi hamyurtimiz to‘p surayotgan «Roma»ni mehmon qiladi.

«King Pauyer» stadionidagi qit’a musobaqasi doirasidagi o‘yinlarda «tulkilar» mag‘lub bo‘lmadi. «Roma» ham «Bude-Glimt»dan uchralgan mag‘lubiyatni aytmasa, hali turnirda qoniqarsiz natija qayd etmagan.

«Lester» bu mavsumdagi natijalari bilan maqtana olmaydi. Garchan tarkib sifati jihatdan ancha yetuk bo‘lsa-da, APLdagi raqobat fonida orqada qolib ketmoqda. «Roma»ning ham chempionatdagi «missiyasi» amalga oshyapti, deyish qiyin. Garchi «special one» tarkibdan kelib chiqib, «bo‘rilar»ni o‘z o‘rnidaligini aytgan bo‘lsa-da, portugaliyalik mutaxassisdan jamoani YeChLga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Eldor Shomurodov jamoasi 14 yil davomida birorta sovrin yutmagan.

Joze Mourino shogirdlari so‘nggi paytlarda himoyada ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. So‘nggi beshta o‘yinda bor-yo‘g‘i bir marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning «Chelsi»dagi so‘nggi bahsi (2015 yil) aynan «Lester»ga qarshi edi. O‘sha o‘yinda «tulkilar» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va Jozega chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi. «Lester» Yevropa ligasidagi uchta uy o‘yinining ikkitasida va bir marta Konferensiya ligasida durang o‘ynadi. Bu borada inglizlar maqtana olishmaydi.

«Lester»ning taxminiy tarkibi: Shmeyxel; Pereyra, Fofana, Evans, Kastan; Meddison, Dyusberi-Xoll, Tilemans, Barns, Olbrayton; Vardi.

«Roma»ning taxminiy tarkibi: Rui Patrisio; Manchini, Smolling, Ibanes; Karsdorp, Mxitaryan, Kristante, Zalevski; Pellegrini, Zaniolo, Abraxam.

YeKLning ikkinchi yarim finali doirasida Niderlandiyaning «Feyenoord» jamoasi «Marsel»ni qabul qiladi. «Feyenoord» oltita o‘yin davomida mag‘lub bo‘lmagan holda o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagandi. Keyin chorak finalda «Slaviya Praga»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Fransuzlar esa «Qorabog‘», «Bazel» va PAOKni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. «Olimpik Marsel» milliy chempionatida medallar uchun kurashdan chiqqan va endi bor e’tiborini qit’a miqyosidagi turnirga qaratsa bo‘ladi.

«Feyenoord» va «Olimpik Marsel» o‘rtasida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ikki jamoa 1999-2000 yilgi mavsumda UYeFA Chempionlar ligasining guruh bosqichida to‘qnash kelishgandi. «Feyenoord» o‘z uyida g‘alaba qozongan, javob o‘yinida esa durang qayd etilgan.

«Feyenoord»ning taxminiy tarkibi: Ofir Marchiano; Tayrel Malasiya, Gernot Trauner, Lutsharel Gertruda, Markus Pedersen; Fredrik Orsnes, Orkun Kokchu; Luis Sinisterra, Brayan Linssen, Reyss Nelson; Siril Desse.

«Olimpik Marsel»ning taxminiy tarkibi: Stiv Mandanda; Luan Peres, Uilyam Saliba, Duxe Kaleta-Kar, Valentin Ronje; Bubakar Kamara, Gerson, Matteo Gendozi; Dimitri Paye, Amin Xarit, Sedrik Bakambu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring