Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Spartak»ning eng yaxshi futbolchisi 1,5 yilga qamaldi

«Spartak»ning eng yaxshi futbolchisi 1,5 yilga qamaldi

2020 yilning yozida Promes tug‘ilgan kun kechasidagi janjalda amakivachchasining oyog‘iga pichoq sanchadi. Bunga eski mojaro sabab bo‘lgan.

Amsterdam sudi «Spartak»ning  eng yaxshi to‘purari Kvinsi Promesni 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda NOS telekanali xabar bermoqda.

Prokuror futbolchiga ikki yillik qamoq jazosini, jabrlanuvchiga esa 1 million yevro miqdorida tovon puli talab qilgandi.

Promes, shuningdek, 2020 yilda 1300 kg dan ortiq kokain importiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Aytilishicha, u ikki partiya giyohvandlik vositalariga sarmoya kiritgan.

Promes buni rad etmoqda, ammo Gollandiya Bosh prokuraturasi futbolchi kontrabandada yetakchi rol o‘ynaganini aytmoqda.

Niderlandiyalik hujumchi o‘tgan mavsumda «Spartak»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 20 ta gol bilan u RPL to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring