Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiya ham 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash yo‘lidan boryapti

Niderlandiya ham 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash yo‘lidan boryapti

Niderlandiya rasmiylari bolalarni raqamli dunyo ta’siridan himoya qilish maqsadida, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga TikTok, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni tavsiya qilmoqda.

Yangilangan tavsiyalarga ko‘ra:

  • Bolalarga mobil qurilmalarda o‘tkazadigan vaqtni keskin cheklash;
  • Bolalar yotoqxonalarida ekranli qurilmalarni taqiqlash;
  • 13 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga umuman ruxsat berilmasligi lozimligi ta’kidlanmoqda.

Niderlandiya Sog‘liqni saqlash vazirligi va parlament ekspertlari ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tkazish:

  • uyqu buzilishi;
  • depressiya;
  • xavotir, hatto panik hujumlar kabi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Ayni paytda Niderlandiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlangan. Biroq yangi tavsiyalar hozircha qonunan kuchga ega emas.

Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham shunga o‘xshash tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Avstraliya esa hozircha yagona mamlakat bo‘lib, u yerda 2024-yil noyabridan boshlab o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qonuniy ravishda taqiqlanadi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring