Superliga: 4-turda muxlislar tashrifi qanday bo‘ldi?

Joriy yilning 4-6-aprel kunlari O‘zbekiston Superligasi 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Farg‘onadagi «Neftchi» 3:2 «Navbahor» uchrashuvi turning eng ko‘p muxlis to‘plagan o‘yini bo‘ldi.
Tur doirasida kechgan 7 o‘yinda jami 42 866 nafar muxlis uchrashuvlarni bevosita stadiondan kuzatib bordi. O‘rtacha hisobda esa har bir o‘yinga 6 123 nafardan to‘g‘ri keladi. Farg‘onadagi «Neftchi» 3:2 «Navbahor» uchrashuviga 14 552 nafar muxlis tashrif buyurdi va turning eng ko‘r muxlis to‘plagan o‘yini bo‘ldi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Buxoro» 0:2 «Bunyodkor» o‘yiniga esa 841 nafar tomoshabin kirdi va ushbu turdagi eng kam muxlis kirgan o‘yin bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 4-turdan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Xorazm» uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter