Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sport TV»ga videotakror tizimiga ega ikkita KTS sotib olinishi mumkin

«Sport TV»ga videotakror tizimiga ega ikkita KTS sotib olinishi mumkin

Foto: «Google.com»

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini yoritish uchun «Sport TV»ga ikkita zamonaviy KTS sotib olinishi mumkin. Bu haqida Professional futbol ligasi xodimi Diyor Imomxo‘jayev o‘z kanalida ma’lum qilib o‘tdi.

— Voqealar rivoji shu yo‘sinda davom etsa, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining talabnomasi asosida videotakror tizimi bor bo‘lgan 18 kamerali 2 ta zamonaviy KTS respublika budjeti hisobidan xarid qilinishi mumkin.

Bunday KTSlar ayniqsa yirik festivallar, sport musobaqalarini translyasiya qilishda qo‘l keladi, — deydi Imomxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumdan e’tiboran yangilangan PFL va «Sport TV» o‘rtasidagi kelishuv asosida O‘zbekiston chempionati bahslari translyasiyasini keng yoritish yo‘lga qo‘yildi va 80 foizdan ortiq o‘yinlar tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Joriy mavsumda ushbu hamkorlikni yana-da rivojlantirishga harakat qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring