Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tomas Myuller — eng ko‘p sovrin yutgan nemis futbolchisi

Tomas Myuller — eng ko‘p sovrin yutgan nemis futbolchisi

Foto: EPA/UPG

Yaqinda «Bavariya» (Myunxen) Dortmundning «Borussiyasini 3:2 hisobida yutib, sakkizinchi marotaba Germaniya superkubogini yutdi.

Shu tariqa «Bavariya»ning jami sovrinlari soni 77 taga yetdi. Shularning uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini klub Tomas Myuller bilan birga qo‘lga kiritgan.

Superkubokdan so‘ng Tomas Myullerning shaxsiy sovrinlari soni 27 tani tashkil etmoqda.

U sovrindorlik borasida «Bavariya» hamda terma jamoadagi sobiq sherigi Bastian Shvaynshtaygerdan o‘zib ketdi.

31 yoshli Tomas Myullerning g‘alabalari:

  • 9 karra — Bundesliga chempioni
  • 6 karra — Germaniya kubogi g‘olibi
  • 6 karra — Germaniya superkubogi g‘olibi
  • 2 karra — YeChL g‘olibi
  • 2 karra — UEFA superkubogi g‘olibi
  • 1 marta — Klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibi
  • 1 marta — Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni (2014).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring