Tonggi xushxabar! Vadim Menkov bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlaridan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.
Bugun, 30-avgust kuni hamyurtimiz Vadim Menkov eshkak eshishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz marraga birinchi bo‘lib yetib bordi va yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi. Bu Vadim uchun Osiyo o‘yinlaridagi to‘rtinchi oltin.
Bungacha u Doxa, Guanchjou va Incheonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgan! U bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter