Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA yevrokuboklar reglamentini o‘zgartirdi

UEFA yevrokuboklar reglamentini o‘zgartirdi

Foto: «Vesti.ru»

UEFA ijroiya qo‘mitasi yevrokuboklarning joriy mavsumi o‘yinlari reglamentini o‘zgartirdi. Bu yerda gap sariq kartochkalar 1/8 final o‘yinlaridan keyin kuchini yo‘qotishi haqida boryapti.

Shu tariqa bu yilgi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi qatnashchilari 1/8 finalning qolgan o‘yinlarida olgan sariq kartochkalar keyingi pley-offlarda hisobga olinmaydi va diskvalifikatsiyaga sabab bo‘lmaydi, deyiladi UEFA rasmiy sayti xabarida.

Oldingi reglamentda «sariqlar» chorak finalda kuyib ketardi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi sharoitdan kelib chiqib, har ikki turnir reglamenti jiddiy o‘zgartirilgan: 1/4 va 1/2 finallar g‘oliblari bitta o‘yinda aniqlanadi. Bunday tig‘iz sharoitda sariq kartochkalarni o‘yindan-o‘yinga o‘tkazmaslikdan maqsad jamoalarga imkon qadar teng kurashish uchun sharoit yaratib berishdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring