Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Useyn Boltning rekordi yangilandi

Useyn Boltning rekordi yangilandi

Foto: iSport

Akani Simbin (Janubiy Afrika) qatorasiga 11-mavsumda 100 metr masofani 10 soniyadan oz vaqtda ortda qoldirib, Useyn Boltning rekordini yangiladi. Bu haqda Track & Field Gazette xabar berdi.

Botsvanadagi musobaqalarda Simbin 100 metrni bosib o‘tishga 9,9 soniya sarfladi.

«Sprintlar qiroli» — Useyn Bolt qatorasiga 10 mavsum 100 metrga 10 soniyadan kam vaqt sarflagan.

100 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordi hamon Useyn Boltga tegishli. U 2009-yili Berlinda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida yuz metrlikni 9,58 soniyada zabt etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring