Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Velopoygachi marra chizig‘ida xotinini urib yubordi (video)

Velopoygachi marra chizig‘ida xotinini urib yubordi (video)

Foto: Instagram/carlos_chia

«Vuelta Kolumbiya-2022» ko‘p kunlik velopoygalarining uchinchi bosqichida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Chempionlikka asosiy da’vogar, 25 yoshli kolumbiyalik poygachi Luis Karlos Chia marra chizig‘ini birinchi kesib o‘tib, xotini bilan to‘qnashib ketdi...

Ayoli bu paytda g‘alaba onlarini suratga olayotgandi.

To‘qnashuvdan so‘ng poygachi asfaltga qulab, u yer bu yeri shilindi. Hushini yo‘qotgan xotinini esa shifoxonaga jo‘natishga to‘g‘ri keldi.

«Tormozni bosdim, to‘xtamadi (yomg‘irli havo edi — tahr.) Xotinimniyam tushunmadim, nega yo‘ldan qochmadi?.. Marra uchun kurash qattiq bo‘lishini bilardi-ku. Baxtimga hammasi ortda qoldi. Shifokorlarning aytishicha, beziyon, xotinim to‘qnashuvdan qo‘rqib ketgan, xolos», — voqeani izohladi Luis Karlos Chia.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring