Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vitaliy Denisov SSKA yoki «Krasnodar»ga o‘tishi mumkin

Vitaliy Denisov SSKA yoki «Krasnodar»ga o‘tishi mumkin

Foto: «Sport.kg»

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov yozda jamoasini tark etadi. 31 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga SSKA va «Krasnodar» klublari da’vogarlik qilmoqda.

Futbolchi yangi jamoasiga mutlaqo tekinga tushadi — yozda uning temiryo‘lchilar bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Krasnodar» klubi Denisovga bir yilga uzaytirish sharti bilan ikki yillik shartnoma taklif etmoqda.

Denisov «Lokomotiv» tarkibida 2013-yildan beri o‘ynab kelmoqda. U ushbu mavsumda RFPL doirasida 7 bor maydonga tushdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring