Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WBC rahbari Tayson va Jonsning salomatligidan xavotirda

WBC rahbari Tayson va Jonsning salomatligidan xavotirda

Foto: «Fightnews»

Jahon boks kengashi (WBC) rahbari Maurisio Sulaymon sentyabr oyida ko‘rgazmali jang o‘tkazish uchun ringga ko‘tariladigan Mayk Tayson va Roy Jonslarning salomatligidan xavotirda.

«Fightnews» yozishicha, Sulaymon boks afsonalari jangni shlemlarda va og‘ir qo‘lqoplarda o‘tkazishini istayapti.

«Ko‘rgazmali jang 12-sentyabrga (Kaliforniya, Los-Anjeles) belgilangan. 8 raundli jang shlemlarsiz va 12 unsiyali qo‘lqoplarda o‘tadi. Shunisidan tashvishdaman. Tayson va Jons bokschilar sparringda kiyadigan shlemlarda va 16, balki 18-unsiyali qo‘lqoplarda jang o‘tkazishi kerak. Bu xayriya iventining qadri juda baland, maqsad — sport muxlislarining ko‘nglini ko‘tarish. Shuning uchun ham WBC uning o‘tishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, biroq, takrorlayman, jangchilarning xavfsizligiga befarq qarash yaramaydi», — dedi Maurisio Sulaymon.

Tashkilot rahbari Kaliforniya atletika komissiyasi Tayson va Jonsning janggacha va jang paytidagi xavfsizligini ta’minlashiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson raqibini nokautga uchratishga va’da bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring