Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro universiada 2022-yilda o‘tkazilmaydi

Xalqaro universiada 2022-yilda o‘tkazilmaydi

Foto: «Prosports»

Xitoyning Chendu shahrida 2022-yilda xalqaro universiada musobaqalari o‘tkazilishi kerak edi. Ushbu musobaqalar 2023-yilga ko‘chirilgani haqida Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU)ning matbuot xizmati xabar berdi.

«FISU a’zolari va Chendudagi o‘yinlar tashkilotchilari bilan uzoq muzokaralardan so‘ng ushbu qaror qabul qilindi», — deyiladi xabarda.

E’tiborli jihati, Xitoy universiadasi muddati ikkinchi marta ko‘chirilmoqda. Tokio olimpiadasi bir yilga kechikkanidan so‘ng, Chendudagi musobaqalar 2021-yildan 2022-yilga surilgandi.

FISU hozirgi ko‘chirish sababini Xitoyda pandemiya borasidagi qaltis vaziyat bilan izohladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring